Yugurish
Noldan boshlovchilar uchun 60 kunlik reja: yurish va yugurishni almashtirib, 5 km ga yetish. Isinish, cho'zilish, tiklanish kunlari va ilovaning o'z GPS trekeri bilan.
Climb higher · Day by day
Odamni o'zgartiradigan yagona kishi — uning o'zi. SMAN41 sizga har kuni bitta aniq vazifa beradi: dars, mashq va qisqa hisobot. Bajarganingiz SMAN Score'da halol ko'rinadi.
Yugurish, ingliz tili yoki koreys tili. O'zingizga mos darajani o'zingiz tanlaysiz.
Qisqa dars, mashq yoki test, oxirida bir-ikki gaplik hisobot. Hammasi bir ekranda, ketma-ket.
Bajarilgan kun yashil, o'tkazilgan kun qizil. SMAN Score intizomingizni raqamda ko'rsatadi.
Noldan boshlovchilar uchun 60 kunlik reja: yurish va yugurishni almashtirib, 5 km ga yetish. Isinish, cho'zilish, tiklanish kunlari va ilovaning o'z GPS trekeri bilan.
A1 dan B2 gacha darajalar, har biri 60 kun. Kunlik dars, so'zlar, tinglash va interaktiv mashqlar. Testlar serverda tekshiriladi.
EPS-TOPIK ga tayyorgarlik va TOPIK 3. O'qish va tinglash savollari, lug'at va talaffuz.
30 kun — odat poydevori: push-up, qisqa dars, kitob o'qish va kechki hisobot.
60 kun — o'z yo'nalishingizda har kuni dars, mashg'ulot yoki test va hisobot.
Keyingi bosqichlar. Tayyorlanmoqda.
Push-up'ni telefon kamerasi sanaydi (video telefondan chiqmaydi). Yugurib xaritada hudud egallaysiz, do'stlar bilan duel va jonli bellashuv o'tkazasiz. BATTLE natijalari SMAN Score'ga ta'sir qilmaydi — bu o'yin, intizom o'lchovi emas.
Brauzerda (sman41.com), Telegram'da (@sman41_bot orqali) va Android ilovada (tez orada Google Play'da). Bitta hisob — hamma joyda. Tillar: o'zbek, rus, ingliz.


2024-yil qishi. Hayotimdagi birinchi yugurish — 500 metr. Undan nariga oyog'im bormadi.
Koreyada kemasozlik zavodida iskala ishchisiman: 05:30 da turaman, kun bo'yi og'ir jismoniy ish, mashg'ulot va o'qish — kechqurun.
Bir yarim yildan so'ng Busandagi Nakdong 200 ultramarafonida 103 km ni 12 soat 52 daqiqada, qo'limda soatsiz yugurib, 6-o'rinni egalladim. 2026-yil martida — Gonkongdagi Victoria 162 tog' ultramarafoni: 165 km, 7700 metr ko'tarilish, 40 soat 34 daqiqa.
Eng uzun yo'lim — Toshkentdan Yakkabog'gacha: 403 km ni 5 kun 20 soatda yugurib o'tdim.
O'qishda ham shunday: ish bilan birga Dong-A universiteti magistraturasida o'qiyman. IELTS'dan ikki marta 5.5 oldim, uchinchisida 6. Hozir 7 ga ishlayapman.
Bu iste'dod emas — har kuni qo'yilgan bitta kichik qadam. SMAN41 ni shu qadamni hamma uchun oson qilish uchun qurdim.
Yugurganimda yolg'iz emasman. Ukam vafot etgan, lekin uning orzulari yuragimda yashaydi. Men ukam bilan yuguraman.
Ko'ylagimda rejam yozilgan: 2024 — 500 metr, 2025 — 100 km, 2026 — 100 mil. Uchalasi bajarildi. Oldinda 2027 — Badwater, 2028 — Barkley. Bu mening Chegaralar o'yinim.
— Sohib Aliev, SMAN41 asoschisi
Sohib Alievning 500 metrlik birinchi yugurishidan ultramarafonlargacha bo'lgan yo'li va SMAN41 qanday tug'ilgani haqida 22 daqiqalik hujjatli film.
YouTube'da ko'rish · 22 daqiqa Instagram'da ko'rish: Victoria 162 marrasi
Ro'yxatdan o'tish va BATTLE o'yinlari bepul. Yo'nalishlar bo'yicha 60 kunlik challenge va SMAN Score — to'lov yoki grant bilan.
Ha. Yugurish yo'nalishi aynan noldan boshlovchilar uchun: birinchi kunlar asosan yurish, yugurish asta-sekin qo'shiladi. Sog'lig'ingizda muammo bo'lsa, avval shifokor bilan maslahatlashing.
O'zingiz tanlaysiz: A1 (noldan), A2, B1 yoki B2. Har daraja 60 kun, har kuni dars, so'zlar va mashq.
Intizomingizni o'lchaydigan ball: har kuni vazifani o'z vaqtida bajarganingiz hisoblanadi. U reyting uchun emas — o'zingiz bilan halol bo'lish uchun.
Ha. GPS nuqtalari telefondan chiqmaydi, push-up videosi saqlanmaydi. Hisobni istalgan payt ilovadagi menyudan o'chirish mumkin.
Sohib Aliev — Koreyada kemasozlik zavodida ishlaydigan o'zbek ultramarafonchi. 2024-yilda 500 metrdan boshlab, Nakdong 200 da 103 km (12:52, 6-o'rin), Gonkongdagi Victoria 162 da 165 km va Toshkentdan Yakkabog'gacha 403 km yugurgan. SMAN41 ni o'z tajribasidagi kunlik intizom usuli asosida qurgan.
Find your best version. No limits.